(Shaxsiy tajribamdan)
Birinchi qadam.
Vaqt ajratish.
Ayniqsa, biron kundalik yumush yoki vazifadan keyin kelsa, stimul bo'lib ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, darslarni tayyorlab bo'lib ko'rmoqchi bo'lsangiz, tezroq tugatishga harakat qilasiz.
Ikkinchi qadam.
Filmlarni topish.
'Nirvana' magazinlari imkoniyatingizga to'g'ri kelmasa, Abu Saxiy bozorida Superbitlarning ko'chirmalari 2500 so'mdan sotiladi, yoki Markaziy Ofitserlar Uyida joylashgan videotekaga buyurtma berishingiz mumkin (har bir kino taxminan 2-3 mingdan tushadi), Superbitlar prokatlaridan olish mumkin.
Uchinchi qadam.
Film tanlash.

To'g'ri kelgan filmni ko'raverish kinomanlarga xos emas. Tanlashga ko'p narsalar omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Bu borada mana bu yerdan foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin. Eng yangi chiqqanlarni ko'rib borish bilan birgalikda,
-reytingi eng yuqori,
-Oskar yoki boshqa nufuzli mukofotlar olgan,
-mashhur aktyorlar o'ynagan,
-mashhur rejissorlar ishlagan,
-yoki sevimli janringizdagi filmlar va boshqa kategoriyalar ostida filmlar tanlashingiz mumkin.