Friday, May 1, 2009

Qanday qilib kinolarni tez, ko'p va foydali ko'rish (davomi)

Ko'p kino ko'radigan odamlarda umrlarining ko'p qismini bekorga o'tkazish xavfi tug'iladi. Bu xavfdan uzoq bo'lish va hattoki, xavfni foydaga aylantirib yuborish uchun quyidagi tip'chalar balki sizga foydali bo'lar:
-Tanaffusda serial ko'ring.

Kino ko'rish faoliyatingizning asosiy qismi bo'lmasin, balki uning tanaffus qismi bo'lsin. Masalan, siz ishli odam bo'lsangiz, ish paytidagi tanaffusda (ish kompyuteridan foydalanish mumkin bo'lmasa, i-pod, portable media player, shaxsiy laptopda) ko'rish mumkin. Ayniqsa, seriallarni shunday paytlarda ko'rish qulay. Demak, seriallarni tanaffus paytiga olib qo'yish mumkin.

-Eng yangi kinolardan boxabar bo'ling.

Eng yangi chiqqan filmlarni birdan ko'rib borsangiz (hozirgi kunda bu muammo emas), ko'rmagan filmlaringiz unchalik ko'p miqdorda to'planib qolmaydi. Kinoteatrlarda qo'yilmagan, yoki sizning passiv paytingizda chiqarilgan filmlarni ro'yxat bilan ko'rishni tavsiya etaman.



-Kinolardan bahra oling.


Kinolarni ketma-ket ko'raverish taxminan quyidagi natijalarga olib keladi: -kino mazmunini o'zingizga singdirishga vaqt qolmaydi; -kinolardan xulosalar chiqarolmaysiz; -kinodan bahra ololmaysiz. Shuning uchun ham har bir kinodan so'ng yuqoridagi 3ta natijaning ijobiy shakliga vaqt ajrating.




-Kinolardan ma'lumot oling.

Tematikasi o'xshash bo'lgan filmlarni ketma-ket (o'rtada tanaffus bilan albatta) ko'rish tavsiya etiladi. Masalan, tabiiy ofatlar mavzusidagi filmlar (The day after tomorrow, The Flood), ma'lum bir tarixiy voqealar haqida filmlar (The other Boleyn girl, Henry V), afera mavzusida (Catch me if you can, The Thomas Crown affair), sport mavzusidagi filmlar (Ali, The Leatherheads) va hokazo. Shunda to'liqroq va bog'liq ma'lumotlar olish ehtimoli ko'proq bo'ladi.