Thursday, April 15, 2010

Dunyo ostin-ustun. I mean, Rossiyadagi terrorizm, Qirg'izistondagi revolyutsiya, Pol'shadagi motamlar... Baribir tinchlik yaxshi narsa. Xudoga shukur.

Baribir hayot davom etmoqda. Tashvishlardan chalg'ib, kundalik hayotimizga kichkinagina bo'lsa ham "zarcha"lar sochib tursak, atrof yorug'roq ko'rinarmidi?

Anchadan beri yaxshi kino, musiqa, vebsayt va hklarga duch kelmagan edim. Endi ularni izlashga chuqurroq kirishishga qaror qildim. Shu qarorimga ham bir necha kun bo'ldi va yaxshigina natijaga erishdim desam ham bo'ladi. Mana natijalar:

Demak, shu kunlarda menga yoqayotgan ...



...KINO

Princess Protection Program\Программа Защиты Принцесс (2009)
Kosta Lua (adashmasam shunaqa edi) orol davlati malikasining oddiy amerikaliklar orasiga tushib qolishi, maktabdagi voqealar, do'stlik haqida. O'smir qizlar uchun qiziqarli kino. Menga esa o'smirlik ruhini bergani va yorqin fil'm bo'lgani uchun yoqdi. Yengil va rang-barang.



...MUSIQA

Kelly Clarkson - Breakaway
Kompimda anchadan beri turardi, unaqa berilib tinglamasdim, lekin bir kuni MTVda eshitib qolib, yoqtirib qoldim. Yaxshi ashula. Ruhlantiruvchi, so'zlariyam shunaqa:
Make a wish
Take a chance
Make a change
And break away...

...VEBSAYT

farzand.uz
Foydali maslahatlar, yaxshi maqolalar, homiladorlik kalendari, va asosiysi bularning hammasi o'zbek tilida bo'lganligi juda qulay. Rock on, Nargiza! :)




...STIL

Jennifer Aniston stili!
Hamma-hammasi, boshdan oyoqqacha!



...SERIAL

Sex and the City
MTVda qo'yilayotganidan beri bir-bir ko'rib turibman. Boshida just wanted to know what was the fuss about this tv-series, biznikilarga uncha mos bo'lmaganroqligini hisobga olmaganda, shunchaki ermak uchun ko'rsa bo'ladi.